Sayt haqida

Sherik izlashni tugating — tadbir tashkil qiling

Tadbirchi — sport, sayohat, piknik va boshqa tadbirlar uchun hamfikr insonlar topish platformasi. Qiziqishingiz bor-u, sherigingiz yo'qmi? Tadbir e'lon qiling — boshqalar qo'shilsin.

Qanday ishlaydi

4 qadamda tadbirga qo'shiling

1. Ro'yxatdan o'ting

Oddiy foydalanuvchi yoki tashkilot sifatida bir necha daqiqada ro'yxatdan o'ting.

2. Tadbir toping yoki yarating

Sizni qiziqtirgan tadbirni ro'yxatdan tanlang, yoki o'zingiz sport, sayohat, piknik kabi tadbir e'lon qiling.

3. So'rov yuboring

"Qatnashaman" tugmasini bosing — so'rovingiz darhol, kutishsiz avtomatik tasdiqlanadi.

4. Tadbirda ishtirok eting

Tadbir boshlanganda ishtirokchilar bilan uchrashing, keyin taassurot va rasmlaringizni izohlar qismida ulashing.

Ko'p so'raladigan savollar

Savolingiz bormi?

Tadbir yaratish yoki unga qatnashish pulmi?

Yo'q, ro'yxatdan o'tish, tadbir yaratish va qatnashish bepul. Tashkilotchi xohlasa, o'z tadbirini pullik qilib belgilashi mumkin — bu holda narx tadbir sahifasida ko'rsatiladi.

Qatnashish so'rovim qachon tasdiqlanadi?

Darhol — sayt barcha so'rovlarni avtomatik tasdiqlaydi, tashkilotchi tomonidan qo'lda tasdiqlash shart emas.

Tadbirga necha soat qolganda qo'shila olmayman?

Tadbir boshlanishiga 1 soatdan kam vaqt qolganda yangi qatnashish so'rovlari qabul qilinmaydi.

Qatnashishni bekor qilsam nima bo'ladi?

Tadbir boshlanishiga 3 soatdan ko'p vaqt qolgan bo'lsa — 0.5 bal, 3 soatdan kam qolgan bo'lsa — 3 bal jarima yoziladi.

Tadbir qatnashchilar bilan to'lib qolsa-chi?

Agar sizning ishonchlilik reytingingiz tadbirdagi eng past reytingli qatnashchinikidan yuqori bo'lsa, o'sha qatnashchi o'rniga siz kiritilasiz.

Reyting/jarima bali nima uchun kerak?

Har bir foydalanuvchining ishonchlilik reytingi 5 yulduzdan boshlanadi va jarima ballari ko'paygani sari pasayadi. Muvaffaqiyatli qatnashgan yoki o'tkazilgan tadbirlar uchun esa mukofot ballari beriladi. Maksimal jarima baliga yetgan foydalanuvchi 3 kunga tadbir yaratish va qatnashishdan mahrum bo'ladi.

Anonim qatnasha olamanmi?

"Qatnashaman" tugmasini bosishdan oldin "Anonim" tugmachasini yoqsangiz, ismingiz o'rniga boshqa qatnashchilarga "Anonim foydalanuvchi" deb ko'rinadi.

Tashkilot sifatida ro'yxatdan o'ta olamanmi?

Ha — ro'yxatdan o'tish oynasidagi "Tashkilotmi?" tugmachasini yoqib, kompaniya nomi bilan ro'yxatdan o'ting.